Live
3
O'zbek

Alvares: «Messi yana jahon chempioni bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»

Futbol
12 iyul, 08:13
Argentina milliy jamoasi forvardi jahon chempionati yarimfinali yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, Messi haqida gapirdi.
Alvares: «Messi yana jahon chempioni bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Alvaresning ta’kidlashicha, «albiseleste» mundialda sardorlari uchun ham g‘olib bo‘lishni niyat qilgan.

«Biz Messi yana bir bor jahon chempionatini yutishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Uning uchun har bir bahs – bu jang. Gol urganimdan so‘ng birinchi qilgan ishim – bu Messini quchoqlash, bo‘ldi», - deya Alvares so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi 1/4 finalda Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. «Albiseleste» yarimfinalda Angliyaga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi jahon chempionati finalida Argentina milliy jamoasi Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar