Live
4
O'zbek

Ndoyе: «Argentina uchun bir xil hakamlik bo‘ldi, biz uchun — boshqacha»

Futbol
12 iyul, 09:44
Shveysariya milliy jamoasi forvardi Argentinaga qarshi JCH-2026 1/4 finali doirasidagi bahs hakamlarini tanqid qildi.
Ndoyе: «Argentina uchun bir xil hakamlik bo‘ldi, biz uchun — boshqacha»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 1 Shveytsariya Shveytsariya

Shveysariya milliy jamoasi forvardi Dan Ndoyе jahon chempionati-2026 1/4 finali doirasida Argentina bilan bahs (3:1 (1:1, 2:0 qo‘shimcha bo‘limlar)) hakamlarini keskin tanqid qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 72-daqiqasida bosh hakam Joau Pedru Pineyru shveysariyaliklar forvardi Embologa VAR aralashuvidan keyin simulyatsiya ishlatganligi uchun ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

«Avval futbolda bunaqasini hech ham ko‘rmagandim. Buni qabul qilish juda ham qiyin. Qoida buzilmagandi. Agar hakam simulyatsiya uchun bizning futbolchiga ikkinchi sariq ko‘rsatsa, nega argentinaliklarga kartochka ko‘rsatmadi? Ular tomonidan juda ko‘p bor simulyatsiya ishlatildi. Bugun ikki xil hakamlik bo‘ldi: biri biz uchun, boshqasi — Argentina uchun. Bunga chidab bo‘lmaydi», — deya hujumchi so‘zlaridan iqtibos keltirdi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar