Live
2
O'zbek

Saliba va Upamekano yarimfinal oldidan Fransiya mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Futbol
12 iyul, 09:16
Fransiya milliy jamoasi himoyachilari Dallasga jo‘nab ketish oldidan umumiy guruh mashg‘ulotida ishtirok etmadi.
Saliba va Upamekano yarimfinal oldidan Fransiya mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Fransiya milliy jamoasi markaziy himoyachilari Vilyam Saliba va Dayotchankulle Upamekano jahon chempionati-2026 yarimfinal bahsi uchun Dallasga jo‘nab ketish oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirok etmagan.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, har ikki futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotini sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ehtiyotkorlik yuzasidan o‘tkazib yuborgan va indvidual dastur bo‘yicha shug‘ullangan.

Avvalroq Saliba belidagi og‘riq sababli mundial o‘yinlari ancha og‘ir o‘tayotganini tan olgandi. Upamekanoning holati haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 1/2 finalida Fransiya milliy jamoasi Ispaniya bilan ro‘baro‘ keladi. O‘yin 14 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar