Live
1
O'zbek

Rasman: Boburjon Asqarov — «Mash’al» futbolchisi

Futbol
12 iyul, 11:09
Muborakliklar Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibni kuchaytirishni niyat qilgan. 
Rasman: Boburjon Asqarov — «Mash’al» futbolchisi
Foto: Mash`al FC

Jamoa o‘zbekistonlik himoyachi Boburjon Asqarov bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi «Mash’al» klubi matbuot xizmati.

«27 yoshli futbolchi 1999-yil 2-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U asosan markaziy himoya chizig‘ida harakat qiladi, zarurat tug‘ilganda tayanch yarimhimoyachisi sifatida ham samarali o‘ynay oladi. Shuningdek, u O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida ham to‘p tepgan.

Futbolchilik faoliyati davomida Asqarov «Paxtakor» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qilgan. U «Paxtakor» safida O‘zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, «Lokomotiv» bilan Pro-liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

Markaziy himoyadagi tajribasi va g‘oliblik ruhi bilan jamoamizga katta foyda keltirishiga ishonamiz.

Xush kelibsiz, Boburjon Asqarov! «Mash’al» safida omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!», - deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mash'al Mash'al
Bugungi yangiliklar