Live
1
O'zbek

Ferdinand: «Men uchun Anderson Norvegiyaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi»

Futbol
12 iyul, 11:38
Angliyalik sobiq himoyachi jamoaning JCH 1/4 final doirasida Norvegiyaga qarshi bahsidan keyin fikrlarini bildirdi.
Ferdinand: «Men uchun Anderson Norvegiyaga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Elliot Andersonni jahon chempionati 1/4 final doirasidagi Norvegiyaga qarshi bahsning (2:1) eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin shu kecha dubl qayd etgan Jud Bellinghemga topshirdi.

«Ha, men Andersonni aytgan bo‘lardim. Menimcha, Elliot Anderson ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Ularning har ikkisi, Anderson ham, Bellinghem ham, amalga oshirgan ishlar yig‘indisi bo‘lmaganida, balki g‘alaba qozonmagan bo‘lardik. Ammo quloq soling: agarda Jud eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrinni olgan bo‘lsa, demak, u shunga loyiq. U g‘alaba olib keluvchi figuralardan biri», — deya Ferdinand so‘zlaridan iqtibos keltirdi Metro.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 yarimfinalida inglizlar Argentina milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur bellashuv 15 iyul kuni tunda Atlantadagi «Mersedes-Bens Stedium» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar