Bu haqda FIFA matbuot xizmati X tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi jahon chempionatlari pley-off bosqichining 15 o‘yinida ishtirok etgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. 39 yoshli forvard JCH-2026 1/4 final doirasidagi Shveysariyasha qarshi bahsda (3:1 (1:1, 2:0 qo‘shimcha bo‘limlarda)) maydonga tushgach, ushbu tarixiy natijaga erishdi.
Messi Germaniya milliy jamoasi sobiq hujumchisi, JCH-2014 g‘olibi Miroslav Klozening natijasini (14) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Shveysariya bilan to‘liq o‘ynagan argentinaliklar sardori jamoasining birinchi golida assistentlik vazifasini bajarib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi