Bugun
13
O'zbek

Soboslai: "Oltin to'p"ni yutishni orzu qilaman, ammo bu sovrin har doim ham mavsum natijalariga qarab berilmaydi"

Futbol
12 iyul, 12:00
"Liverpul" yarimhimoyachisi Holand va Varan misolini keltirdi.
Soboslai: "Oltin to'p"ni yutishni orzu qilaman, ammo bu sovrin har doim ham mavsum natijalariga qarab berilmaydi"
Foto: Getty Images

"Liverpul" klubi hamda Vengriya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Dominik Soboslai "Oltin to'p" mukofoti haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Albatta, "Oltin to'p"ni yutish ham mening orzularimdan biri. Lekin bu haqda ko'p gapirmasligimning sababi bor. Menda ovoz berish har doim ham futbolchining mavsumdagi yutuqlariga asoslanmaydi, degan taassurot bor.

Masalan, 2018 yilda Rafael Varan "Real" bilan Chempionlar ligasida, Fransiya bilan esa Jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Shunga qaramay, u "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmadi. Shunda tushundimki, Vengriya bilan yirik turnirda g'olib bo'lmasam, bu sovrinni yutishim juda qiyin bo'ladi", — dedi Soboslai.

Vengriyalik futbolchi Erling Holand misolini ham tilga oldi.

"2023 yilda Holand "Manchester Siti" bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi, deyarli barcha to'purarlik rekordlarini yangiladi. Ammo u ham "Oltin to'p"ni yuta olmadi", — deya qo'shimcha qildi u.

Soboslai suhbat yakunida hazil tariqasida shunday dedi:

"Oltin to'p" odatda oktyabr oyida topshiriladimi? Unda 2027 yil oktyabrida ko'rishamiz".

Eslatib o'tamiz, 2023 yilgi "Oltin to'p" sovrini Lionel Messiga, 2018 yilgi mukofot esa Luka Modrichga nasib etgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar