Bugun
13
O'zbek

Mbappe JCH-2026 to'purarlari ro'yxatida Messiga yetib oldi

Futbol
12 iyul, 14:20
Fransiyalik hujumchi chorakfinaldan so'ng argentinalik yulduz bilan bir xil natija qayd etdi.
Mbappe JCH-2026 to'purarlari ro'yxatida Messiga yetib oldi
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 to'purarlari ro'yxatida Lionel Messiga yetib oldi.

Argentina sardori chorakfinalda Shveysariyaga qarshi bahsda (3:1) gol ura olmadi. Mbappe esa Marokash darvozasini ishg'ol qilib, mundialdagi gollari sonini 8 taga yetkazdi.

Shu tariqa, Mbappe va Messi turnirning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 8 tadan gol bilan peshqadamlikni bo'lishib turibdi.

Qayd etish joiz, Messi bungacha guruh bosqichining ilk turidan boshlab har bir bosqich yakunida to'purarlar poygasida yakka peshqadam bo'lib kelayotgandi. U turnirni Jazoir darvozasiga kiritgan het-trik bilan boshlagan edi.

JCH-2026 yarimfinalida Argentina Angliya bilan, Fransiya esa Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar