Live
1
O'zbek

«Inter» Spens transferi ustida ishlamoqda

Futbol
14 iyul, 04:27
«Tottenhem» himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
«Inter» Spens transferi ustida ishlamoqda
Foto: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Jed Spens yozgi transfer oynasida «Inter» safiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Milan klubi 25 yoshli futbolchini sotib olish ustida ish olib bormoqda. Spens faoliyatida yangi bosqichni boshlashni istamoqda hamda UEFA Chempionlar ligasida o'ynashni maqsad qilgan. Shuningdek, u «Tottenhem»da Pedro Porroning zaxira futbolchisi bo'lib qolishni istamayapti.

Qayd etilishicha, «shporlar» hozircha Spensning transfer narxini belgilamagan. Bunga futbolchining JCH-2026dagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab bo'lgan. Klub mundialdagi o'yinlar uning transfer qiymatini oshirishi mumkin deb hisoblamoqda.

Spens ushbu Jahon chempionatida Angliya milliy jamoasining barcha olti uchrashuvida maydonga tushgan, biroq gol yoki assist qayd eta olmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar