Madridning «Atletiko» klubi va Argentina milliy jamoasi himoyachisi Nahuel Molina «Inter»ga taklif qilindi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, vositachilar 28 yoshli o'ng qanot himoyachisining xizmatlarini Italiya chempioniga tavsiya qilgan. Molinaning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, u JCH-2026dan keyin Madrid klubini tark etishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Molina barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali argentinalik himoyachining transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq Molinaga «Napoli» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.