Live
1
O'zbek

"Bryugge" Sommer transferini e'lon qildi

Futbol
14 iyul, 02:30
Shveytsariyalik posbon bilan 2029 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolangan.
"Bryugge" Sommer transferini e'lon qildi
Foto: Getty Images

Belgiya "Bryugge" klubi Yan Sommerni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

37 yoshli shveytsariyalik posbon bilan 2029 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolangan. U yangi jamoasida asosiy darvozabon sifatida harakat qiladi.

Ma'lumot o'rnida, Sommer 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agent sifatida "Inter"ni tark etdi. Yan 2023 yilning avgust oyida "neradzurri" safiga kelib qo'shilgandi. U uch mavsum davomida milanliklar safida jami 139 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Club Brugge Club Brugge
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar