Bugun
13
O'zbek

Zommer Belgiya klubiga o'tmoqda

Futbol
12 iyul, 17:40
37 yoshli darvozabon 48-72 soat ichida yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi.
Zommer Belgiya klubiga o'tmoqda
Foto: Getty Images

«Inter»ning sobiq darvozaboni Yan Zommer yaqin kunlarda Belgiya «Bryugge» klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 37 yoshli darvozabon bilan prinsipial kelishuvga erishilgan. Bitim kelgusi 48-72 soat ichida rasmiy yakunlanishi kutilmoqda. Posbonning o'zi ham ushbu transferga rozilik bergan.

Zommer 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng «Inter»ni erkin agent sifatida tark etgandi. U faoliyati davomida Myunxenning «Bavariya»si va Myonxengladbaxning «Borussiya»sida ham harakat qilgan.

O'tgan mavsumda Zommer «Inter»ning asosiy darvozaboni sifatida Italiya chempioni bo'ldi hamda jamoasi bilan Chempionlar ligasining 1/16 finaligacha yetib bordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Club Brugge Club Brugge
  • Belgiya Pro ligasi Belgiya Pro ligasi
Bugungi yangiliklar