Bugun
13
O'zbek

«Aston Villa» JCHda porlagan Manzambi uchun kurashda «Nyukasl»ni dogʻda qoldirdi

Futbol
12 iyul, 18:15
«Qargʻalar» safiga oʻtishga yaqin turgan yarimhimoyachi yakunda birminghemliklarni tanladi.
«Aston Villa» JCHda porlagan Manzambi uchun kurashda «Nyukasl»ni dogʻda qoldirdi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» Yoan Manzambini sotib olish boʻyicha «Frayburg» bilan toʻliq kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Sky Sport.

Bitimning umumiy qiymati ehtimoliy bonuslarni ham hisobga olganda qariyb 70 million yevroga yetadi. Bu esa «Frayburg» tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etiladi.

Avvalroq «Nyukasl» ham JCH-2026da porlagan shveytsariyalik futbolchining transferi boʻyicha «Frayburg» bilan 60 million yevroga kelishuvga erishgandi. Biroq Manzambi «qargʻalar»ga oʻtishga rozilik bermagani sababli transfer amalga oshmadi.

Natijada «Aston Villa» 20 yoshli yarimhimoyachini oʻz safiga qoʻshib olishni hal qildi.

Manzambi allaqachon Birminghem klubiga transferga roziligini bildirgan.

Maʼlumot uchun, hujumkor yarimhimoyachi 2026 yildagi mundialda 3 ta gol va 2 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar