Fransiya milliy jamoasida debyutini o‘tkazgan hujumchi Esteban Lepol faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining o‘yinlarini «Brentford», «Everton», «Aston Villa», «Lids» va «Brayton» kuzatib bormoqda. Bu klublar futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Lepolning «Renn» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Klub uning ehtimoliy transferidan 50–60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Lepol bu mavsumda Fransiya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol muallifi bo‘ldi.
Avvalroq «Aston Villa» qishda «Real»dan Endrikni ijaraga olmoqchiligi xabar qilingandi.