«Arsenal» klubi «Leypsig» ving eri Antonio Nusa uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik 21 yoshli futbolchi APLning bir qator jamoalarining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Xususan, «Aston Villa» va «Nyukasl» ham Nusa uchun da’vogarlik qilmoqda. «Arsenal» esa Antonio uchun ushbu jamoalar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
O‘z navbatida «buqalar» o‘z yulduzi uchun taxminan 71 million yevro talab qilmoqda. Agar shu qiymat atrofida taklif bo‘lsa, «Leypsig» muzokaralarga kirishishga tayyor.
Bu mavsumda Nusa jamoasi safida barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.