«Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Arsenal», «Everton», «Aston Villa» va «Nyukasl» jamoalari kamerunlik 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun da’vogarlik qilmoqda.
Leverkuzen klubi Kofanenинг transferidan kamida 40 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Hozircha qaysi klub futbolchi uchun rasmiy taklif bilan chiqishi aniq emas.
Kristianning «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi. Kofane bu mavsumda Bundesliganing 4 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Avvalroq «Arsenal» klubi «Leyptsig» vingeri Antonio Nusa uchun kurashga qo‘shilgandi.