Fransiyaning «PSJ» va Angliya chempionati top-klublari Italiyaning «Roma» klubi o‘ng qanot himoyachisi Emanuele Lulliga qiziqib qolgan. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli italiyalik lateral o‘yinini «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari kuzatib bormoqda. «Roma», o‘z navbatida, xorij klublari tomonidan bo‘layotgan qiziqish fonida futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgan.
Transfermarkt portali Lullining aktual transfer narxini 8 million yevroga baholamoqda. Iqtidorli himoyachining «bo‘rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.