Live
1
O'zbek

Sinven Andreyevaga qarshi final oldidan: «Meni mag‘lub etish unchalik ham oson emas»

Tennis
11 oktabr, 02:23
Olimpiada-2024 chempioni Pekindagi turnir finali oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sinven Andreyevaga qarshi final oldidan: «Meni mag‘lub etish unchalik ham oson emas»
Foto: Gettyimages

2024-yilgi Olimpiya chempioni Dunyoning 54-raketkasi xitoylik tennischi Chjen Sinven Pekindagi turnir finalida rossiyalik Mirra Andreyeva bilan bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birinchi uchrashuvimizdan buyon o‘tgan ikki yil ichida ikkalamiz ham ulg‘ayib, tajribaliroq bo‘ldik. Bu yil u «Rolan Garros» musobaqasida g‘olib chiqdi - bu ajoyib yutuq. Men uni tabriklamoqchiman.

U har doim qiyin raqib, chunki har bir o‘yin uchun kurashadi va juda stabilligi bilan ajralib turadi. Bu oson o‘yin bo‘lmaydi, lekin meni ham mag‘lub etish oson emas. Bizni og‘ir kurash kutmoqda. Biz eng yaxshi tennisimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz, maydonda esa nima bo‘lishini ko‘ramiz», - deya Sinven so‘zlarini keltiradi Punto de Break.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andreyeva finalga chiqqani tufayli faoliyatida ilk bor WTA reytingining kuchli uchligiga kirishi haqida xabar bergan edik.

Bugungi yangiliklar