Live
1
O'zbek

Diomande: «Bu golni juda uzoq kutdim»

Futbol
11 oktabr, 03:00
«Qirollik klubi» vingeri madridliklar safidagi debyut goli haqida gapirdi.
Diomande: «Bu golni juda uzoq kutdim»
Foto: Gettyimages

«Real Madrid» yarimhimoyachisi Yan Diomande Ispaniya chempionati 2026/2027-yilgi mavsum 8-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (1:0) urgan goliga izoh berib o‘tdi. Bellashuv Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz har doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz va bugun bunga erishdik. Men baxtliman.

Birinchi golimni uzoq kutdim. O‘zim uchun ham, jamoa uchun ham xursandman. O‘sha vaziyatda, menimcha, faqat bitta yo‘l bor edi: to‘pni qabul qilish, burilish va zarba berish», - deya Diomande so‘zlaridan iqtibos keltiradi klubning rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 8-turidan keyin «Real» 18 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan «Vilyarreal» esa 8 ochko bilan jadvalning 13-pog‘onasini band etgan. Yakka peshqadam hamon-«Barselona», kataloniyaliklar hisobida 24 ochko mavjud. Ikkinchi — «Atletiko» (19 ochko).

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 9-turida «Real» 18-oktyabr sanasida «Sevilya» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar