«Inter»ning xorvatiyalik futbolchisi Petar Suchich «Parma» darvozasini ishg‘ol qilgach, Milan klubi safida ushbu mavsum gol urgan futbolchilar soni o‘n nafarga yetdi.
Yevropaning top chempionatlarida ishtirok etayotgan klublar orasida faqatgina bir jamoa bunday ko‘rsatkich bilan maqtana oladi - bu Angliyaning «Brayton» klubi. APL vakili tarkibida ham mavsum startida 10 nafar turli futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘lib ulgurdi.
Natijada, «Inter» ham, «Brayton» ham o‘z chempionatlarida yetakchilar qatorida ketmoqda. 6 o‘yinda 13 ochko jamg‘argan Fabian Xurseler shogirdlari «Siti» va «Arsenal»dan keyin uchinchi pog‘onadan o‘rin egallagan. Kivu jamoasi esa 6 o‘yinda 5 g‘alaba va 1 durang qayd etib, hozircha 1-o‘rinda bormoqda. Mavsum startidan avval bu kabi holatni «nerradzurri»dan kutilgan bo‘lsa, «Brayton»ning bunchalik muvaffaqiyatli starti ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi