«Barselona» himoyachisi-Jyul Kunde Kataloniya klubi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan fransuz futbolchisiga aylandi. U Ispaniya chempionatida «ko‘k-anorranglilar»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan «Xetafe»ga qarshi o‘yinda mezbonlar safida 194-uchrashuvini o‘tkazdi. Kunde bu bahsda o‘z goli bilan jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Shu tariqa, 27 yoshli futbolchi kataloniyaliklar sobiq himoyachisi Erik Abidalning natijasini ortda qoldirdi.-Kunde-2022-yilning yozida «Sevilya»dan ko‘chib o‘tganidan beri «ko‘k-anorranglar» safida harakat qilib kelmoqda. O‘tgan vaqt ichida u barcha musobaqalarda 10 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, fransiyalik sportchi «Barselona» tarkibida yettita sovrin, jumladan, uchta La Liga chempionligi, uchta Ispaniya Superkubogi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi