Italiya chempionatining 6-turida «Napoli» va Frozinone» o‘zaro bellashdi. Unda Neapol klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 27-daqiqada Hoylund penaltidan foydalana olmadi. 29-daqiqada esa De Bryuyne penaltidan hisobni ochdi. 32-daqiqada Lang ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+4-daqiqada De Bryuyne esa dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Napoli» ochkolari sonini 10 taga yetkazib, 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Frozinone» esa 10 ochko to‘plab, 8-pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 6-tur
Napoli – Frozinone 2:0
Gollar: De Bryuyne 29 penalti, 90+4, Lang 32.
Napoli – Meret, Rahmani, Marin, Badyashil, Di Lorenso (Politano, 81), Lobotka (Gilmur, 72), Spinatsola, Neres (Maktominay, 61), De Bryuyne, Lang (Jovanni, 72), Hoylund (Lukka, 61).
Frozinone – Palmizani, Oyono, Gabriel, Chittadini, Bragaliya (Chichella, 77), Mazini (Terzich, 46), Kalo, Gedjemis (Fini, 63), Shmid (Zerbin, 84), Kvernadze, Raimondo.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi