Live
4
O'zbek

Ronaldinio noyabr oyida «Ravenna» safida maydonga tushishini tasdiqladi

Futbol
11 oktabr, 00:32
Afsona yashil maydonga qaytmoqda.
Ronaldinio noyabr oyida «Ravenna» safida maydonga tushishini tasdiqladi
Foto: Gettyimages

Ronaldinio yana rasmiy o‘yinda, «Ravenna» safida maydonga tushishga tayyor. «PSJ», «Barselona» va «Milan» singari klublarda to‘p tepgan braziliyalik yaqinda «Ravenna» klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Futbolchi jamoa tarkibida rasmiy o‘yinda maydonga tushib, professional darajadagi gollari sonini 300 taga yetkazib qo‘ymoqchi — buning uchun Ronaldinioga 1 ta to‘p kifoya qiladi.

«Agar bu amalga oshsa, ajoyib ish bo‘lardi, lekin men bu yerga birinchi navbatda jamoaga yordam berish uchun kelganman. Yubiley golni derbida urish yanada zavqli bo‘lardi, lekin amalda qanday bo‘ladi, ko‘ramiz...» — dedi braziliyalik Il Resto del Carlino nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, gap 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Ravenna»ning «Forli»ga qarshi bahsi haqida ketmoqda.

Bugungi yangiliklar