Bugun
13
O'zbek

Tuxel Angliyaning yarimfinalga chiqqani haqida: «Bu — katta bosim, ammo menga yoqmoqda»

Futbol
12 iyul, 16:40
Inglizlar ustoz jamoasining tiklanib olishi kerakligi haqida gapirdi.
Tuxel Angliyaning yarimfinalga chiqqani haqida: «Bu — katta bosim, ammo menga yoqmoqda»
Foto: Getty Images
11.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Angliya Angliya

Angliya bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasi Jahon chempionati yarimfinaliga chiqqanidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu — juda katta bosim, lekin bu menga yoqadi. Jamoani maydonga olib chiqish, o'sha yerda bo'lish… Bahs boshlanishidan avval so'nggi ikki-uch daqiqada — tayyorgarlik yakunlanib, maydonga chiqqanimda o'zimni chin ma'noda tirikdek his qilaman. Aynan shu yerda bo'lishni istayman. O'sha daqiqalarda dunyoning boshqa hech bir joyida bo'lishni xohlamayman.

Bu menga juda yoqadi, ammo har uch-to'rt kunda bir marta pley-off bahslarini o'tkazish, albatta, mutlaqo boshqa darajadagi yuklama va haqiqiy emotsional sinovdir. Buni tan olaman. Shuning uchun hozir ham biroz vaqt kerak. Futbolchilarga to'liq tiklanish uchun vaqt beramiz, eng kechi bilan kunning ikkinchi yarmida murabbiylar shtabi bilan keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz»
, — dedi Tuxel ESPN nashriga bergan intervyusida.

Yarimfinalda Angliya 15 iyul kuni Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar