"Andijon" klubi yozgi tanaffusdagi so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini Proliga vakili FarDUga qarshi o‘tkazib, Shohjahon Yorqinboyev va Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning gollari evaziga g‘alaba qozondi.
E’tiborli tomoni, Farg‘ona jamoasi bellashuvda ikki bor penaltilardan foydalana olmadi.
O‘rtoqlik bahsi
Andijon — FarDU 2:0
12 iyul, Andijon
Gollar: Shohjahon Yorqinboyev, Polatxo‘ja Xoldorxonov.
Andijon — 35. Artyom Potapov, 4. Ko‘rikdagi futbolchi, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Nemanya Chalasan, 87. Jamshid Ko‘paysinov, 11. Humoyunmirzo Iminov, 88. Shohjahon Yorqinboyev, 28. Bekzod Sulaymonov, 49. Zulfiqor Akbarov, 7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.
Zaxiradan tushgan futbolchilar — 1. Eldor Adhamov, 2. Odil Abdumajidov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Usmonali Ismonaliyev 77. Mahmud Mahamadjonov, 6. Aleksandr Andronikashvili, 26. Muhammadkarim Toirov, 18. Damir Temirov, 9. Imeda Ashortia, 33. Doniyor Abdumannopov, 10. Dragan Cheran.
O‘rtoqlik o‘yini. "Andijon" FarDUni mag‘lubiyatga uchratdi
Futbol
12 iyul, 16:25
Farg‘ona jamoasi ikki bor penaltilardan foydalana olmadi.
Foto: FC Andijon