Live
1
O'zbek

Xavi Simons: «De Zerbi «Tottenhem»ga ishonch va yangi energiya olib keldi»

Futbol
14 iyul, 04:15
Niderlandiyalik yarimhimoyachi yangi bosh murabbiy haqida iliq fikr bildirdi.
Xavi Simons: «De Zerbi «Tottenhem»ga ishonch va yangi energiya olib keldi»
Foto: Getty Images

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Xavi Simons jamoa bosh murabbiyi Roberto De Zerbi faoliyatiga yuqori baho berdi.

«Murabbiy qanday futbol o'ynashni xohlayotganini allaqachon tushunib oldim. Rostini aytsam, u kelgan zahoti jamoamiz mentalitetini o'zgartirdi, bizga yangi energiya va ishonch bag'ishladi.

U o'zi ham mening pozitsiyamda o'ynagan, shu sababli meni yaxshi tushunadi. Menga erkinlik va ishonch berdi. Har bir futbolchi aynan shunga muhtoj. Agar murabbiy senga ishonmasa, maydonda o'ynash juda qiyin bo'ladi. De Zerbi esa ilk kundanoq bu ishonchni butun jamoaga, ayniqsa menga bera oldi», — dedi Simons.

Eslatib o'tamiz, Roberto De Zerbi joriy yilning mart oyi oxirida «Tottenhem» bosh murabbiyi etib tayinlangan va murakkab vaziyatga qaramay, jamoani Angliya Premyer-ligasida olib qolishga muvaffaq bo'lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar