Bugun
24
O'zbek

«Inter» Jon Stounz transferiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
16 iyul, 07:30
Erkin agentga aylangan angliyalik himoyachiga «Yuventus» ham da'vogarlik qilmoqda.
«Inter» Jon Stounz transferiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

Milanning «Inter» klubi sobiq «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounzni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 32 yoshli futbolchi markaziy himoya chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda. Yozda erkin agent maqomini olgan Stounzga Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda angliyalik himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Jon Stounz 2016 yildan buyon «Manchester Siti» safida to'p surib, klub bilan olti bor Angliya Premyer-ligasi hamda UEFA Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar