Musobaqadagi barcha futbolchilar uch kategoriyada — hujum, yaratish va himoya harakatlarida 10 ballik tizimda baholandi.
Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Maykl Olise 8.29 ball bilan bu borada yetakchiga aylandi – reyting hujumlarni rivojlantirish va vaziyatlar yaratishda ishtirok etuvchi futbolchilarni qayd etadi.
Ma’lumot uchun, Olise 7 ta golli uzatma bilan JCH-2026ning eng yaxshi assistentiga aylangandi.
«Yaratuvchilar» reytingida Lionel Messi ikkinchi o‘rinni (8.26) egallagan bo‘lsa, uchinchi – Kilian Mbappe (7.84) bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Meksika va Kanadada o‘tgan JCH-2026da tarixda birinchi marta 48 jamoa ishtirok etdi.
Avvalroq himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yaxshilar TOP-3dan Ispaniya milliy jamoasi vakillari joy egallagani haqida xabar bergandik.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi