Bugun
1
O'zbek

Kanselu «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor

Futbol
26 may, 09:36
Portugaliyalik himoyachi yana kamida bir mavsum Kataloniyada o‘ynamoqchi.
Kanselu «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor
Foto: Getty Images

«Al Hilol» himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»dagi faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi kamida yana bir mavsum kataloniyaliklar safida qolishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, «Al Hilol» himoyachining transferidan taxminan 10 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Kanseluning o‘zi esa «Barselona»da qolish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor.

Joau Kanselu 2025-yil yozida Saudiya klubi tomonidan «Barselona»ga ijaraga berilgandi. Uning «Al Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylandi. Transfermarkt portali uni 9 million yevroga baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar