Amman shahrida (Iordaniya) dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
Ikkinchi kungi bahslarda oʻzbekistonliklar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
🥇 Oltin medal:
-73 kg: Behruzbek Usmonov
-90 kg: Joʻrabek Eshpoʻlatov
+90 kg: Alibek Durdiyev
-57 kg: Zuhra Alimova
-63 kg: Parizoda Yoʻldosheva
🥈 Kumush medal:
-81 kg: Samandar Sunnatov
-63 kg: Dinora Samandarova
🥉 Bronza medal:
-70 kg: Poshojon Jumaboyeva
Shu tariqa musobaqada 11 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻargan oʻzbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Dzyudo. Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi Osiyo chempionatida birinchi boʻldi
Boshqa sportlar
19 iyul, 11:20
Jami 20 ta medal qoʻlga kiritildi.
Foto: Olympic uz