38 yoshli Inigo Peres "Vilyarreal" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ispaniyalik mutaxassis yangi jamoasi bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U "sariq suvosti kemasi" boshqaruvida Marselino Toralning o'rnini egalladi.
Inigo 2024 yil fevraldan beri "Rayo Valekano"ni boshqarayotgan edi. Uning qo'l ostida Madrid klubi yakunlangan mavsumda Konferensiyalar ligasida finalgacha borib, "Kristal Pelas"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Umumiy hisobda Peres "Rayo Valekano" ustozsi sifatida 113 o'yin o'tkazgan: 44 g'alaba, 33 durang va 36 mag'lubiyat.
Inigo Peres — "Vilyarreal" bosh murabbiyi
Futbol
1 iyun, 08:35
"Rayo Valekano" bilan YKL finaligacha borgan yosh mutaxassis endi La Ligada 3-o'rinni egallagan jamoani boshqaradi.
Foto: Villarreal CF