Bugun
1
O'zbek

Maksim Krepo Kanada — O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Futbol
2 iyun, 00:00
O'zbekiston milliy jamoasi safida Abduqodir Husonov eng yuqori ballga loyiq ko'rildi.
Maksim Krepo Kanada — O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
Foto: Getty Images
01.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Kanada Kanada 2 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Maksim Krepo Kanada — O'zbekiston uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Sofascore tahliliy portali Kanada — O'zbekiston (2:0) o'yinidan keyin futbolchilar harakatini baholadi.

Unga ko'ra, kanadaliklar darvozaboni Maksim Krepo 7,3 ball bilan bellashuvning eng yaxshi o'yinchisiga aylandi. O'zbekiston milliy jamoasi safida Abduqodir Husonov eng yuqori ball (7,1) olgan bo'lsa, Otabek Shukurov (5,9) va Sherzod Nasrullayev (6,1)ning harakati eng past baholandi.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchilar navbatdagi o'rtoqlik bahsini 8 iyunda Niderlandiyaga qarshi o'tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar