Bugun
1
O'zbek

Oʻzbekistonning 6 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi

Futbol
1 iyun, 23:35
Cannavaro shogirdlari oʻrtoqlik oʻyini doirasida Kanadaga magʻlub boʻldi.
Oʻzbekistonning 6 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi
Foto: UFA
01.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Kanada Kanada 2 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Oʻzbekiston milliy jamoasining 6 oʻyindan beri davom etib kelayotgan magʻlubiyatsiz seriyasiga barham berildi.

Jamoa oʻrtoqlik oʻyini doirasida Kanada milliy jamoasi bilan kuch sinashdi va 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. Shu tariqa, Fabio Cannavaro shogirdlari 6 oʻyindan soʻng ilk marta taslim etildi.

«Oq bo'rilar» oxirgi marta Urugvay milliy jamoasiga imkoniyatni boy bergandi — 1:2. Shundan soʻng oʻtkazilgan 6 bellashuvda 3 gʻalaba va 3 durang (2 tasida penaltidan keyin gʻalaba qozonilgan) natija qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchilar navbatdagi oʻrtoqlik bahsini 8 iyunda Niderlandiyaga qarshi oʻtkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar