Live
5
O'zbek

«Bavariya» darvozaboni «Sauthempton»da qoladigan bo‘ldi

Futbol
5 iyun, 09:12
25 yoshli darvozabon Peres Myunxen klubini tark etdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Bavariya» darvozaboni «Sauthempton»da qoladigan bo‘ldi
Foto: Getty Images

25 yoshli darvozabon Daniel Peres Myunxenning «Bavariya» jamoasini tark etdi. Darvozabonni Angliyaning «Sauthempton» klubi sotib oldi, u yerda futbolchi o‘tgan mavsum ijara asosida harakat qilgandi.

Chempionship mavsumida Peres 22 uchrashuvda maydonga tushdi va 19 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Isroillik kiperning transfer bahosi 4 million yevro deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chempionship mavsum yakunlariga ko‘ra, "Sauthempton" 80 ochko to‘plab to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Keyinroq klub APL yo‘llanmasi uchun o‘tish musobaqasi finali oldidan raqib jamoaning mashg‘ulot jarayonlarini suratga olishda ayblanib, chetlatilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Saugempton Saugempton
Bugungi yangiliklar