Live
2
O'zbek

Yaya Ture – “Slovan” bosh murabbiyi

Futbol
13 iyun, 11:55
Tomonlar uch yillik bitim imzoladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Yaya Ture – “Slovan” bosh murabbiyi
Фото: Slovan FC

“Barselona” va “Manchester Siti” jamoalarining sobiq yarimhimoyachisi Yaya Ture mustaqil bosh murabbiylik faoliyatini boshladi.

Ivuarlik 43 yoshli mutaxassis “Slovan” ustoziga aylandi. Slovakiyaning eng sovrindor klubi bilan uch mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

“Juda baxtliman va kuchga to'laman. Dushanba kunidan ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. Mendan oldingi murabbiy “Slovan” bilan erishgan yutuqlari uchun katta hurmatga loyiq. Futbol — men uchun butun bir hayot”, — dedi Ture.

Bunga qadar Ture Saudiya Arabistoni milliy jamoasida Roberto Manchiniga yordamchi sifatida faoliyat yuritgan edi.

Ma'lumot uchun, “Slovan” o'tgan mavsumda Slovakiya chempionligini qo'lga kiritib, Chempionlar ligasi saralashiga yo'llanma olgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Slovan Bratislava Slovan Bratislava
Bugungi yangiliklar