Live
11
O'zbek

Yamal JCH-2026da ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi

Futbol
21 iyun, 11:15
Ispaniyaning yosh yulduzi Saudiya Arabistoniga qarshi bahsni ilk daqiqalardan boshlaydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Yamal JCH-2026da ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi
Foto: Getty Images
27’ Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 3 : 0 Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni

Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal JCH-2026 doirasida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushadi.

18 yoshli futbolchi guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuv uchun boshlang‘ich tarkibga kiritildi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, mundialdagi ilk o‘yinda Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi. O‘sha uchrashuvda Yamal zaxirada qolib, maydonga faqat 71-daqiqada tushirilgandi.

Yosh futbolchi o‘yinga qo‘shilganidan keyin ispanlar hujumda ancha faol harakat qila boshlagan, biroq g‘alaba golini ura olmagan edi.

Shundan so‘ng bosh murabbiy murakkab qaror qabul qilib, Saudiya Arabistoniga qarshi muhim bahsda Yamalga ilk daqiqalardanoq imkoniyat berishga qaror qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar