Live
6
O'zbek

Ronaldu «An Nasr» aksiyalarining 25 foiziga ega bo‘ladi

Futbol
21 iyun, 11:36
Portugaliyalik yulduz klubning hamkor egalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ronaldu «An Nasr» aksiyalarining 25 foiziga ega bo‘ladi
Foto: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli reja doirasida Saudiya Arabistoni klubining 25 foiz aksiyalariga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bu haqda Saudiya Pro-ligasi maslahatchisi, avstriyalik mutaxassis Bernd Fisa ma’lum qildi.

«Krishtianu Ronaldu, hech bo‘lmaganda uzoq muddatli istiqbolda, «An Nasr» aksiyalarining 25 foizini o‘ziga kafolatlab qo‘ygan», — dedi Fisa.

Portugaliyalik superyulduz «An Nasr» safiga 2023 yil yanvar oyida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.

Shu vaqt ichida Ronaldu jamoa bilan ikki sovringa ega chiqdi:

Arab klublari chempionlari kubogi (2023)
Saudiya Arabistoni chempionligi (2025/26)

Agar ma’lumot tasdiqlansa, Ronaldu nafaqat klubning yetakchi futbolchisi, balki uning hamkor egalaridan biri sifatida ham tarixga kiradi. Bu esa uning faoliyatini yakunlaganidan keyin ham «An Nasr» bilan aloqalarini saqlab qolishi mumkinligini anglatadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar