«Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rojers Yevropa Ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ingliz klubi turnir finalida “Frayburg”ni (3:0) yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi. 23 yoshli havbek esa 58-daqiqada jamoasining uchinchi golini urdi.
Rojers yakunlangan mavsumda Yevropa Ligasida 15 ta oʻyinda qatnashib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Avvalroq turnirning ramziy jamoasi eʼlon qilingandi.
Rojers — Yevropa Ligasida mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi
Futbol
21 may, 12:45
Angliyalik yarimhimoyachi «Aston Villa» bilan turnirda zafar quchdi.
Foto: Getty Images