Bugun
17
O'zbek

«Aston Villa» «Freyburg»ni yirik hisobda mag'lub etib, Yevropa ligasi g'olibiga aylandi

Futbol
20 may, 16:51
Birmingemliklar ustoz Unai Emeri faoliyatida 5-bor ushbu turnirda muvaffaqiyat qozondi.
«Aston Villa» «Freyburg»ni yirik hisobda mag'lub etib, Yevropa ligasi g'olibiga aylandi
Фото: Getty Images
20.05.2026 FT Yevropa ligasi Frayburg Frayburg 0 : 3 Aston Villa Aston Villa

Yevropa Ligasi finalida «Aston Villa» Turkiyada «Freyburg»ga qarshi bellashdi. Unda birmingemliklar 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'limda Tilemans va Buendiya supergollarga mualliflik qildi. Ikkinchi taymda esa Rojers yakuniy nuqtani qo'ydi.

Shu tariqa, «Aston Villa» Yevropa ligasi g'olibiga aylandi. Unai Emeri esa faoliyatida 5-bor ushbu turnirda muvaffaqiyat qozondi.

Ingliz klubi so'nggi bor 2001 yilda Intertoto kubogini yutgan edi.

Yevropa Ligasi. Final
Freyburg – Aston Villa 0:3
Gollar:
Tilemans 41, Buendiya 45+3, Rojers 58
Freyburg – Atubolu, Kubler (Makengo, 73), Ginter, Lienhart, Treu, Eggestein, Xofler (Xoler, 61), Beste (Gunter, 86), Manzambi, Grifo (Sherxant, 73), Matanovich.
Aston Villa – Marines, Kesh, Din (Maatsen, 81), Pau Torres (Mingz, 88), Rojers, Lindelyof (Onana, 66), Konsa, Makginn, Tilemans (Duglas Luis, 88), Buendiya (Sancho, 81), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Treu 5 – Buendiya 15, Kesh 21, Makginn 83.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frayburg Frayburg
  • Aston Villa Aston Villa
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar