«Aston Villa» hujumchisi Temmi Abraham Yevropa Ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng tarixiy natijaga erishdi.
Birminghem klubi xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi uchta asosiy Yevrokubok — Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Abraham avvalroq 2020/21-yilgi mavsumda «Chelsi» bilan Chempionlar Ligasida, 2022-yilda esa «Roma» bilan Konferensiyalar Ligasida zafar quchgan edi.
Bu natijani undan oldin faqat Emerson Palmeri qayd etgandi. Hozirda italiyalik futbolchi «Marsel» safida to‘p tepmoqda.
Ma’lumot uchun, Temmi Abraham qishki transfer oynasida «Beshiktosh»dan «Aston Villa»ga o‘tgan. U ingliz klubi safida 16 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.