Bugun
17
O'zbek

Emeri Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun futbolchilardan nimalarni talab qilganini aytdi

Futbol
21 may, 05:17
Ispaniyalik mutaxassis jamoaning turnirga jiddiy yondashgani haqida gapirdi.
Emeri Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun futbolchilardan nimalarni talab qilganini aytdi
Foto: Getty Images
20.05.2026 FT Yevropa ligasi Frayburg Frayburg 0 : 3 Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi finalidagi g‘alabadan so‘ng futbolchilariga qo‘ygan talablarini oshkor qildi.

Birminghem klubi finalda Germaniyaning «Frayburg» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

«Bu juda muhim yutuq. Yevropa bizga ko‘p narsa berdi va shaxsan men uchun yevrokuboklar, ayniqsa Yevropa Ligasi doim katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Men ishlagan barcha klublardan minnatdorman — «Valensiya», «Sevilya», «Vilyarreal» va bu yerda «Villa»da ham.

Klub egalari va futbolchilarga rahmat aytaman. Turnirga qanday ruhiyat bilan yondashganimiz hal qiluvchi omil bo‘ldi. Bu mavsum musobaqaga juda jiddiy qaradik va maksimum darajada harakat qildik. Futbolchilar g‘alaba qozonish istagini namoyish etdi — men ulardan aynan shuni talab qilgandim. Har bir futbolchi maydonda yetakchi bo‘lishi kerakligini aytdim va ular buning uddasidan chiqdi», — dedi Emeri BBC’ga bergan intervyusida.

Eslatib o’tamiz, final bahsida «Aston Villa» safida Yuri Tilemans, Emiliano Buendia va Morgan Rojers gol muallifiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Unai Emeri murabbiylik faoliyati davomida beshinchi bor Yevropa Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frayburg Frayburg
  • Aston Villa Aston Villa
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar