Bugun
17
O'zbek

Emeri evrokuboklardagi umumiy g'alabalar soni bo‘yicha rekordni takrorladi

Futbol
21 may, 01:15
Ispaniyalik mutaxassis Anchelotti, Mourino va Trapattoni bilan bir qatordan joy oldi.
Emeri evrokuboklardagi umumiy g'alabalar soni bo‘yicha rekordni takrorladi
Foto: Getty Images
20.05.2026 FT Yevropa ligasi Frayburg Frayburg 0 : 3 Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri evrokuboklardagi umumiy g'alabalar soni bo‘yicha rekordni takrorladi. Bu haqda Squawka xabar berdi.

Birminghemliklar Yevropa Ligasining finalida Germaniyaning «Frayburg» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, ispaniyalik murabbiy uchun bu evrokuboklardagi beshinchi sovrin bo‘ldi. U barcha kuboklarini Yevropa Ligasida qo‘lga kiritgan.

Ushbu natija bo‘yicha Emeri rekordni takrorlab, Karlo Anchelotti, Joze Mourinyo va Jovanni Trapattoni bilan bir qatordan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri avvalroq «Sevilya» bilan uch marta (2014, 2015 va 2016 yillarda) Yevropa Ligasida zafar quchgan. Shuningdek, 2021 yilda «Vilyarreal» bilan ham ushbu musobaqada g‘olib chiqqan. Endi esa mutaxassis ilk bor o‘zining sevimli sovrinini xorij klubi bilan qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frayburg Frayburg
  • Aston Villa Aston Villa
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar