"Barselona"ning an'anaviy Gamper kubogidagi raqibi Misrning "Al Ahli" klubi bo'ladi. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar uchrashuvni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan. Bellasuv 19 avgust kuni "Spotifay Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Gamper kubogi — har yili "Barselona" tomonidan tashkil etiladigan an'anaviy o'rtoqlik turniri hisoblanadi. U ilk bor 1966 yilda klubning o'sha paytdagi prezidenti Enrike Lode tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan. Turnir "Barselona" asoschisi Joan Gamper sharafiga nomlangan.
Musobaqaning so'nggi bahsi 2025 yil 10 avgust kuni o'tkazilgan bo'lib, unda "Barselona" Italiyanning "Komo" klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan. Bu kataloniyaliklar uchun Gamper kubogidagi tarixiy 47-sovrin bo'lgan.