"Barselona" hujumchisi Ferran Torres yozgi transferlar oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqida Sport.es nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchiga Yevropaning bir qator top-klublaridan takliflar kelib tushgan va ayni paytda uning kataloniyaliklar safidagi kelajagi muhokama qilinmoqda.
Torresning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq klub uning bitimini yana uch yoki to'rt mavsumga uzaytirish bo'yicha muzokaralarni faollashtirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Ferran barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.