Ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites Shotlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlash imkoniyati haqida fikr bildirdi.
"Albatta, milliy jamoada ishlashga tayyorman. Bu klub futbolidan butunlay boshqacha. Senda yuqori motivatsiyaga ega futbolchilar bo'ladi va ulardan mamlakat faxrlanadigan jamoani shakllantirasan.
Bu "Panatinaikos"dagi kabi emas. U yerda ro'yxatda 33 nafar futbolchi bor edi va o'ynamaydiganlarni qanday ruhlantirish haqida o'ylashingga to'g'ri kelardi. Milliy jamoada esa boshqacha muhit.
Shotlandiya milliy jamoasi? Ha, men muzokaralarga tayyorman", — deya Benitesning so'zlaridan keltiradi Sky Sports nashri.