Live
1
O'zbek

Manening Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar soxta bo'lib chiqdi — manba

Futbol
10 iyul, 14:07
34 yoshli forvard milliy jamoasidagi kelajagi bo'yicha bir qarorga kelmagan.
Manening Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar soxta bo'lib chiqdi — manba
Фото: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Sadio Mane Senegal milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Bu haqida L'Équipe nashri ma'lum qildi.

Avvalroq futbolchi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manbaga ko'ra, Sadio nomidan tarqatilgan milliy jamoa bilan xayrlashuv bayonoti sun'iy intellekt yordamida yaratilgan soxta matn bo'lgan. Aslida esa tajribali hujumchi hozircha milliy jamoadagi kelajagi bo'yicha hech qanday rasmiy izoh bermagan.

Senegal JCH-2026da pley-off bosqichida Belgiyaga (2:3) yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi.

Futbolchi milliy jamoa safida shu kunga qadar 130 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urg'an.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar