Turkiyaning "Beşhiktosh" klubi "Napoli" forvardi Romelu Lukakuni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Istanbul klubi belgiya 33 yoshli hujumchi uchun 5 million yevro taklif qilmoqda. "Napoli" esa futbolchisini 10 million yevroga baholagan.
O'tgan mavsum Lukaku A Seriyada Neapol klubi safida 5 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urgаn.
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Romeluning bozor qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.