"Barselona" klubi "Borussiya D" hujumchisi Karim Adeyemi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub futbolchi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Futbolchi Dortmund rahbariyatiga faqat Kataloniya klubiga o'tishni istashini ham ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" transfer bo'yicha rasmiy taklif yo'llagan. Biroq Dortmund ushbu taklifni qoniqarli deb topmagan va muzokaralar davom etmoqda.
Shunga qaramay, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. La Liga yetakchisi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin barchasini yakunlashiga ishonmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi