UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Hollowayga qarshi jangda mag'lub bo'lganiga haligacha ishona olmayotganini aytdi.
"Men bu jangga shunchalik yaxshi tayyorlangan edimki, nima bo'lganiga hali ham ishona olmayapman. Meni formadamas deganlarning gaplari — mutlaqo safsata.
Men xotirjam, tayyor va o'zimga ishongan holda jangga chiqqandim. Yuz bergan voqeadan qattiq hayratdaman.
Lekin men taslim bo'lmayman. Bu sinovdan o'taman va o'zimni yo'qotib qo'ymayman. Men albatta qaytaman", — deb yozdi Konor.
Makgregor Hollowayga qarshi jangning ilk soniyalarida tizzasidan jarohat oldi va texnik nokaut orqali mag'lub bo'ldi.