Bugun
3
O'zbek

JCH-2026. Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi e'lon qilindi

Futbol
12 iyul, 22:30
Bosh hakam sifatida salvadorlik Ivan Barton ishlaydi.
JCH-2026. Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasi e'lon qilindi
Foto: Getty Images
14.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Ispaniya Ispaniya

FIFA 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasidagi Fransiya va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan hakamlar brigadasini e'lon qildi.

Bosh hakam sifatida salvadorlik Ivan Barton ishlaydi. Maydonda unga hamyurtlari David Moran va Antonio Pupiro yordam beradi.

To‘rtinchi hakam vazifasini shvetsiyalik Glenn Nyuberg bajaradi. Zaxira hakami ham Shvetsiya vakili Mahbod Beygi bo‘ladi.

Ma'lumot o‘rnida, uchrashuv 14 iyuldan 15 iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Avvalroq birinchi marta jahon chempionati yarimfinal bosqichida FIFA reytingining top-4 jamoasi ishtirok etishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar